
Fayzullaev TsSKAda yaxshi mavsum o‘tkazmaganini aytdi
O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi va TsSKA klubi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullaev o‘tgan mavsumdagi o‘z o‘yiniga baho berdi.
"Yaxshi mavsum o‘tkazdim, deb ayta olmayman. Men klubdagi pozitsiyamni o‘zgartirdim, shu sababli samaradorlik biroz kamaygan bo‘lishi mumkin. Eng asosiysi – jamoaga yordam berishni xohladim," – deya Fayzullaevning so‘zlarini keltirdi rus matbuoti nashri.
21 yoshli legionerimiz RPL va Rossiya Kubogida jami 39 o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 8 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
TsSKA mavsum yakunida Rossiya Premer-ligasida 3-o‘rinni egalladi. Bundan tashqari, "armiyachilar" mamlakat Kubogini qo‘lga kiritishga ham muvaffaq bo‘lishdi.
Fayzullaevning Moskva klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar