
Elguja Grigalashvili: Barchasini maydonda ko‘rsatishni istayman
Davralar oralig‘ida "Qizilqum"dan AGMK klubiga ko‘chib o‘tgan gruziyalik yarim himoyachi Elguja Grigalashvili klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.
"Hammasi zo‘r. Menga bildirilgan ishonchni oqlashga harakat qilaman. Meni va jamoaning maqsadi bir - barcha o‘yinni yutish. Ochig‘i, barcha ishni va so‘zni maydonda aytishni istayman. Muhimi, jamoa menga ma’qul. Kuchli mutaxassis qo‘l ostida ikkinchi davrada muxlislarni xursand qilamiz, degan umiddaman.
Ko‘proq gol urib yoki jamoadoshlarimga gol urishda ko‘maklashishni istayman. Jamoaviy yutuq eng asosiysi. AGMK bilan ko‘zlangan marralarni zabt etish hozirgi kundagi eng asosiy maqsadim. Bu jamoaga o‘tganimdan xursandman. Ayniqsa o‘rtog‘im Edik (Erkin Baydullaev) ham kelgani jamoaga moslashib, barcha bilan chiqishib ketish jarayonini yanada tezlatadi. Biz bir oilaga aylanishimiz lozim", - dedi Grigalashvili.
Fikrlar