"El-klasiko"dan oldin "Barselona"da 2 ta yo‘qotish bor

  • 18 mart, 2022, 12:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona"ning ikki futbolchisi "Galatasaroy"ga (2:1) qarshi bo‘lib o‘tgan Evropa ligasi 1/8 final javob uchrashuvida jarohat oldi.

Tecno

AS xabariga ko‘ra, himoyachilar Serjino Dest va Jerar Pike jarohat olgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, amerikalik futbolchi sonning orqa mushaklaridagi muammolar tufayli bir necha haftaga safdan chiqqan.

Ispaniyalik futbolchi esa mushaklarida noqulaylik his qilmoqda. Uning tiklanish muddati hali noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, 20 mart, yakshanba kuni “Barselona” safarda “Real”ga bahs olib boradi. Dest “el-klasiko”ni o‘tkazib yuboradi, Pikening ishtiroki esa so‘roq ostida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!