Chempion bo‘lishga kimning imkoniyati qanday?

  • 19 avgust, 2024, 11:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Statistik ma’lumotlarga ixtisoslashgan Opta portali sun’iy intellekt yordami Evropaning kuchli ligalarida yangi mavsumda qaysi jamoa g‘alaba qozonishini aniqlab chiqmoqda.

Navbat Italiya A Seriyasiga keldi. Superkompyuter murakkab sxemalar orqali Italiya chempionatida yangi mavsumda “Inter” jamoasi chempion bo‘ladigan taxminni bildirdi. Amaldagi chempionlarning  Skudettoni saqlab qolish imkoniyati 78,6 foizga baholanmoqda.

Sun’iy idrokning ikkinchi tanlovi ekspertlarni ham hayron qoldi. Kompyuter “Atalanta” jamoasining chempion bo‘lish imkoniyatini 11,5 foizga teng ekanini chiqarib berdi.

Qolgan da’vogarlar juda past baholanmoqda: “Yuventus” (4,3%), “Milan№ (1,9%), “Roma” (1,3%), “Bolonya” (1%), “Latsio” (0,8%), “Napoli” (0,3%)  va “Fiorentina” (0,2%).

Taxminlar qanchalar o‘zini oqlashini mavsum oxirida bilib olamiz.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!