
Buffon yozda yana "Yuventus"ga qaytishi mumkin
PSJ darvozaboni Janluidji Buffon “Yuventus” klubi tuzilmasida ish boshlashi mumkin.
Sport Mediaset nashrining xabar berishicha 41 yoshli italiyalik posbon faoliyatini yakunlagach “kekse sinora” safida menejer lavozimida faoliyat boshlaydi.
Buffonning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi. Agar tomonlar ushbu kelishuvni uzaytirishmasa, u holda Buffon yangi mavsumni “Yuventus” safida yangi lavozimda boshlaydi.
Ma’lumot uchun, Janluidji Buffon “Yuventus” safida 2001-2018 yillarda to‘p surgan va 509ta o‘yinda ishtirok etgan.
Fikrlar