
Boks. O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun Iordaniyaga yo‘l oldi
31 oktyabr - 13 noyabr kunlari Iordaniya poytaxti Amman shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tkaziladi.
Bugun musobaqada ishtirok etuvchi terma jamoamiz a’zolari Iordaniyaga jo‘nab ketishdi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Terma jamoamiz bahslarga quyidagi tarkibda yo‘l oldi:
-48 kg: Asilbek Jalilov
-51 kg: Hasanboy Do‘smatov
-54 kg: Shaxzod Muzaffarov
-57 kg: Abdumalik Xalakov
-60 kg: Adhamjon Muxiddinov
-63,5 kg: Ruslan Abdullaev
-67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev
-71 kg: Xavasbek Asadullaev
-75 kg: Saidjamshid Jafarov
-80 kg: Odiljon Aslonov
-86 kg: Shohjahon Abdullaev
-90 kg: Madiyar Saidrahimov
+91 kg: Lazizbek Mullojonov.
Bosh murabbiy: To‘lqin Qilichev
Murabbiylar: Rahmatjon Ro‘zioxunov, Xuan Enrike Tissert, Xamza Avezov, Davron Gafurov.
Fikrlar