
Bir klub “Chelsi”dan uch futbolchi oladi
“Latsio” bosh murabbiyi Mauritsio Sarri o‘z jamoasiga “Chelsi” vakillarini chorlamoqda. Italiyalik murabbiyning g‘oyalarini va tanlovni klub rahbariyati to‘liq qo‘llab-quvvatlayapti.
Sarri avvalroq, zaxirada darvozaboniga aylanib qolgan Kepa Arrisabalagani Italiyaga chorlagan edi. O‘z vaqtida 80 million evroga transfer qilingan posbon qo‘pol xatolaridan keyin darvozani Frantsiyadan olib kelingan Eduar Mendiga topshirdi.
Endi Sarri “Chelsi” mutasaddilari Emerson Palmeri va Kallum Xadson-Odoini ham qo‘yib yuborishini kutmoqda.
Emarson joriy mavsumni ijara asosida “Lion”da o‘tkazyapti va Frantsiya jamoasida 18 marta maydonga tushdi. Uning “aristokratlar” bilan shartnomasi yakunlanishiga hali ikki yil vaqt bor.
Sarri Xadson-Odoini yozda Italiyaga ko‘chib o‘tishga chaqiryapti. “Chelsi” bu o‘yinchilarni qo‘yib yuborishga tayyorligi aytilyapti.
Fikrlar