
Beyl faoliyatini Bundesligada davom ettirishi mumkin
Myunxenning "Bavariya" klubi yozda "Real" Madrid vingeri Garet Beylni sotib olmoqchi. Bu haqda TeamTalk nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra nemis klubi 29 yoshli uelslik futbolchini mavsum yakunlangach jamoadan ketadigan Aren Robben va Frank Riberilarga munosib o‘rinbosar sifatida qaramoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Beylga MYudan ham jiddiy qiziqishlar bo‘layotgan edi. Ammo, “qizil iblislar”da bosh murabbiy almashgach bu boradagi rejalar ham o‘zgardi.
Ma’lumot uchun, Beyl joriy mavsum “Real” safida jami 35ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 14ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Bundan avvalroq "Real" Beylning narxini e’lon qilgan edi.
Fikrlar