
"Barselona"ning sobiq futbolchisi La Liga klubiga o‘tdi
Kataloniyaning "Espanol" klubi o‘zining rasmiy sayti orqali himoyachi Aleish Vidal bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.
Aytish lozimki 31 yoshli ispaniyalik futbolchi erkin agent hisoblanar edi. Shu sababli u “Espanol”ga erkin agent sifatida tekinga kelib qo‘shildi. Tomonlar 2023 yilga qadar shartnoma imzoladi.
Vidal faoliyati davomida "Reus", "Espanol V", "Pantrakikos", "Pobla Mafumet", "Ximnastik", "Malorka V", "Almeriya", "Sevilya", "Barselona" va "Alaves" klublarida to‘p surgan. Ispaniya terma jamoasida 1 ta o‘yinda ishtirok etgan.
Yana La Ligaga qaytgan “Espanol” dastlabki turdan so‘ng 12-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar