“Barsa”ning rejalari barbod bo‘lishi mumkin

  • 4 avgust, 2022, 13:14
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Himoyachi Sezar Aspilikuetaning "Barselona"ga o‘tishi amalga oshmasligi mumkin.

Tecno

“The Times” nashri xabariga ko‘ra, "Chelsi"ning egasi Todd Boeli ispaniyalik futbolchini Kataloniya klubiga qo‘yib yuborishni istamasligini ma’lum qilgan. Amerikalik investor 32 yoshli futbolchining tajribasi va etakchilik qobiliyatiga katta ishonch bildirmoqda.

Londonliklar bosh murabbiyi Tomas Tuxel ham Aspilikuetani tarkibda saqlab qolishni xohlashi haqida gapirgan.

Ammo "Barselona" Sezar borasida umidini uzgani yo‘q. Shu bois, “ko‘k-anorranglilar” rahbariyati yaqin vaqt ichida “aristokratlar”ga rasmiy taklif jo‘natishni rejalashtirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!