
Ayol hakamlarimiz halqaro musobaqada ishlaydi
Joriy yilning 10 mart kuni Tojikistonning Hisor shahrida ayollar o‘rtasida CAF U-17 xalqaro turniri start oladi. 17 martgacha davom etadigan musobaqada 17 yoshgacha bo‘lgan Markaziy Osiyo ayollar terma jamoalari g‘oliblik uchun bahs olib borishadi.
E’tiborli tomoni, FIFA hakamlarimiz — Roziyabonu Yusupova (bosh hakam) va Zilola Rahmatova (yordamchi hakam) mazkur musobaqadaga jalb etilgan.
O‘yinlar Hisor shahrida joylashgan «Markaziy» stadionida o‘tkaziladi.
Fikrlar