Anri pullarini xayriya ishlariga sarflaydi

  • 6 iyul, 2021, 10:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

L’Equipe nashri tarqatgan xabarga qaraganda, Terri Anri Belgiya terma jamoasi murabbiylar shtabini tark etgach, bu erda ishlab topgan barcha pullarini xayriya ishlariga sarflaydi.

Tecno

Anri Belgiya terma jamoasida joriy yilning may oyidan boshlab faoliyat yuritib kelayotgan edi. U bosh murabbiy Roberto Martinesga 2016-2018 yillarda ham assistentlik qilgan.

Roberto Martines boshchiligidagi Belgiya terma jamoasi 1/8 finalda Italiyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqa bilan xayrlashdi.

Bundan avvalroq Belgiya qirollik futbol assotsiatsiyasi rahbari Piter Bossart terma jamoa bosh murabbiyi Roberto Martines iste’foga chiqarilmasligini ma’lum qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!