
Anna Kalinskayaning AQShdagi ertagi davom etadi
Rossiyalik tennischi Anna Kalinskaya Nyu-York shahrida o‘tayotgan musobaqaning saralash bosqichida navbatdagi g‘alabasini nishonladi.
U saralash bosqichining yarim finalida ruminiyalik Patritsiyu Mariyu Tigni 6:4, 6:2 hisobida taslim etishni uddaladi.
Endi Kalinskaya "Western & Southern Open" turnirining asosiy to‘riga chiqish uchun boshqa bir rumin tennischisi - Sorana Kirstya bilan raqobatlashadi.
Fikrlar