Angliyaning yagona chap qanot himoyachisi Shou qachon maydonga tushadi?

  • 24 iyun, 2024, 07:05
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Lyuk Shou Angliyaning Evrodagi yagona chap qanot himoyachisi, ammo mushak jarohati tufayli u maydonga tusha olmayotgandi. "Manchester Yunayted" fulbeki o‘rniga Kiran Tripper inglizlarning guruhdagi dastlabki ikki o‘yinini chap qanot himoyasida boshladi.

Tecno

"Daily Telegraph" xabar berishicha, Garet Sautgeyt guruh bosqichidagi so‘nggi tur Sloveniyaga qarshi bahsda Shouni o‘yinga tushirmoqchi edi, lekin bu reja amalga oshmaydiganga o‘xshamoqda. 28 yoshli futbolchi umumiy guruh mashg‘ulotlarida ishtirok etmagan. Murabbiylar shtabi bu borada tavakkal qilmoqchi emas. Sababi, himoyachi to‘liq sog‘ayib qetmasa, yana jarohat olishi mumkin. 

Shou pley-offdan jamoa ishtirokidagi uchrashuvlarda maydonga tushishi kutilmoqda. Angliya uchinchi tur oldidan "C" guruhida birinchi o‘rinni egallab turibdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!