
Angliya sardori Braziliyaga qarshi bahsda jarohat oldi
Angliya - Braziliya uchrashuvida "uch sherlar"ni kapitan sifatida maydonga boshlab chiqqan Kayl Uoker majburiy tarzda almashtirildi. Uning o‘rniga esa Ezri Konsa bahsga qo‘shildi. Shu bilan birga, sardorlik bog‘ich Xarri Maguayrga topshirildi.
Dastlab, himoyachi o‘yinni davom ettirmoqchi bo‘ldi. Ammo baribir zaxiraga olindi. Uokerning safga qaytishi uchun qancha vaqt ketishi hali aniq emas.
"Manchester Siti"ni oldinda muhim uchrashuvlar kutib turibdi. Klub ikki haftani ichida 4 ta o‘yin o‘tkazadi. Shulardan biri "Real"ga qarshi safar bahsidir.
Fikrlar