"Andijon" o‘z safiga TsSKA va Suriya terma jamoasi darvozabonini qo‘shib oldi

  • 12 fevral, 2024, 00:27
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” selektsiya ishlarini davom ettirmoqda. Bu safar “Burgutlar” o‘z safini kelajagi porloq darvoazbon bilan to‘ldirmoqda.

Tecno

Gap shundaki, TsSKA yoshlar jamoasida o‘ynagan va Suriya terma jamoasi darvozaboni hisoblangan Maksim Sarraf endi “Andijon” klubida faoliyat olib boradi. Mazkur posbon andijonliklar bilan shartnoma imzoladi.

sarraf1

Ma’lumot uchun, Maksim Sarraf 2005 yilning 15 mart kuni tavallud topgan. U Moskvaning TsSKA klubi tarbiyalanuvchisi sanaladi. Darvozabon TsSKA akademiyasi va TsSKAning yoshlar jamoasida darvozani qo‘riqlagan.

sarraf4

Bundan tashqari, Suriya U-20 va U-23 terma jamoalarida ham ishtirok etgan. Yaqinda Qatarda bo‘lib o‘tgan Osiyo Kubogida Maksim Sarraf Suriya terma jamoasiga jalb qilindi.   

“Andijon” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!