"Andijon" - "Neftchi" uchrashuvi OKMK - "Navbahor" o‘yinini ortda qoldirdi

  • 11 aprel, 2023, 15:11
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

7 aprel – 10 aprel kunlari Superligada 5-tur bahslari o‘tkazildi. Natijalar bilan saytimiz orqali xabar berib bordik.

Tecno

Ushbu turda bir qator qiziqarli o‘yinlar, o‘ziga xos qarama-qarshiliklar kuzatildi. 

O‘tgan tur “Surxon”dan engilgan “Buxoro” bu gal “Bunyodkor”ga 3 ochko ulashdi. Ulug‘bek Baqoev Buxoroga qaytishini salbiy natija bilan boshladi. “Olimpik” vodiydan g‘alaba bilan qaytdi. Jizzaxdagi yangi murabbiylar duelida kuchlar teng keldi. “Neftchi” ishonch bilan odimlashda davom etmoqda. OKMK kutilmaganda “Navbahor”dan ustun keldi. “Nasaf” qiyin kechgan bahsda muvaffaqiyatga erishdi. “Paxtakor” o‘z uyida qiyinchiliksiz zafar quchdi.

23

Endi esa turga oid qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etamiz. Ya’ni an’anamizga sodiq qolgan holda tur muxlislari statistikasi bilan tanishtiramiz.

5-turda stadionlarimizga jami 26939 tomoshabin tashrif buyurdi. Bu har bir bellashuvga o‘rtacha 3848ni tashkil qiladi.

Eng ko‘p muxlis Farg‘onada. “Bobur” arenaning maysasi yangilanayotgani bois “Andijon” uy o‘yinlarini Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida o‘tkazmoqda. Shu bois 5-tur “Neftchi” o‘z uyida mehmon bo‘ldi. Vodiy derbisini 8450 tomoshabin stadiondan kuzatdi.

Turning markaziy bahsi OKMK – “Navbahor” qarama-qarshiligini 3745 ishqiboz arenadan tomosha qildi. Olmaliqdagi stadion maysasi yangilanayotgani uchun Mirjalol Qosimov jamoasi uy o‘yinlarini “Jar”da o‘tkazmoqda.

IMG_4591

Eng kam tomoshabin Toshkentda. “Paxtakor”ning “Qizilqum”ga qarshi bellashuviga 1010 kishi keldi.

Quyida Superliganing ushbu turiga tashrif buyurgan muxlislar statistikasi bilan tanishing (muxlislar soni PFL saytidan olindi):

“Andijon” - “Neftchi” 0:2. 8450 tomoshabin

“Buxoro” - “Bunyodkor” 0:2. 8153 tomoshabin

OKMK - “Navbahor” 2:1. 3745 tomoshabin

“Turon” - “Olimpik” 0:1. 2311 tomoshabin

“Nasaf” - “Surxon” 3:2. 2218 tomoshabin

“So‘g‘diyona” - “Metallurg” 2:2. 1052 tomoshabin

“Paxtakor” - “Qizilqum” 3:1. 1010 tomoshabin

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!