Ana xolos: PSJ Mbappedan voz kechishga qaror qildi

  • 17 oktabr, 2023, 17:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ rahbariyati tez orada jamoa etakchisi Kilian Mbappega so‘nggi bor yangi shartnoma taklif qiladi.

Tecno

Diario Sport nashrining yozishicha, yangi kelishuv 2025 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Biroq Mbappega 2024 yili boshqa jamoaga o‘tib ketish imkonini beradigan band kiritiladi. Badal puli ham ancha past belgilanadi.

Parij klubining bu urinishi 24 yoshli hujumchi yozda erkin agent sifatida bepul ketib qolmasligi uchun amalga oshirilmoqda.

Agar Kilian Mbappe taklifni qabul qilmasa, PSJ uni qishki transferlar vaqtida transferga qo‘yadi.

Mohir to‘purarga “Real” va Angliyaning bir necha grandi ko‘z tikmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!