Dam olish kunlarni top-5da bizni super 3 ta to‘qnashuv kutib turibdi

  • 12 sentabr, 18:43
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Birinchi o‘yin:  Angliya Premer-ligasi doirasidagi Manchester derbisi

Tecno

Premer-liganing 3-turida Manchester shaxrining ikki klubi "Manchester Siti" va "Manchester Yunayted" o‘rtasidagi shiddatli o‘yin bizni kutib turibdi. Ikki jamoa ham mavsumni kutilganidek boshlay olmadi, desak mubolag‘a bo‘lmasa kerak. "Shaharliklar" dastlabki turda ishonchli tarzda g‘alaba qozongan bo‘lsa-da, ikkinchi turda "Brayton"ga o‘z uyida mag‘lub bo‘ldi. "Qizil iblislar" esa avvaliga "Arsenal"dan o‘yin tomonlama ustunlik qilgan bo‘lsa ham yakunda yutqazib qo‘ydi. Keyngi baxsda esa "Fulhem" uyida 1:1 hisobida durang qayd etdi. 

Jamoalarning o‘zaro so‘ngi 5 ta o‘yiniga qaraydigan bo‘lsak, ustunlik "Manchester Yunayted" tomonida - 2 g‘alaba, 2 durang hamda 1 mag‘lubiyat. O‘tgan mavsumning ikkinchi davrasidagi baxsda esa nursiz durang qayd etilgan. Ushbu qiziqarli o‘tishi kutiayotgan uchrashuv 14 sentyabr kuni soat 20:30 da start oladi.

Image

Ikkinchi uchrashuv:  Ispaniya La Ligasi. "Real Sosedad" va "Real Madrid"

Dastlabki uch tur yakunlariga ko‘ra, turnir jadvali etakchisi bo‘lib turgan "qirollik klubi" birinchi turda o‘zi uchun noqulay raqib xisoblangan "Osasuna"ga qarshi "Santyago Bernabeu"da qarshi baxs olib bordi. Kilian Mbappening penaltidan kiritgan yagona goli evaziga g‘alaba qozondi. Ikkinchi turda debyutant "Real Ovedo" bilan maydonga tushib yakunda 0:3 xisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. So‘nggi bahsda esa "Malorka"ga qarshi kechgan qiyin baxsda Arda Guler hamda Vinisius Juniorning gollari bilan 2:1 xisobida g‘alaba qozondi.  
san-sebastyanliklar esa dastlab "Valensiya" bilan keyn esa "Espanol" bilan durang natija qayd etgan bo‘lsa, uchinchi turda "Real Ovedo" ga qarshi o‘yinda 1:0 xisobida mag‘lub bo‘lgan. Jamoalarning so‘nggi o‘zaro bahsida esa "qaymoqranglilar" 2:0 xisobida g‘alaba qozongan edi. La Liganing markaziy bahsi 13 sentyabrda 19:15 da start oladi.

En Español-Real Madrid vs. Real Sociedad (LALIGA)

Uchinchi o‘yin: Italiya A Seriyasining uchunchi tur o‘yini "Yuventus" va "Inter"

Nafaqat A Seriyaning, balki, ushbu haftaning markaziy o‘yini bo‘lishi kutilayotgan uchrashuv Turindagi "Alyants Stedium" arenasida bo‘lib o‘tadi. "Zebralar" dastlabki ikki turda 100 foizlik natija bilan javdalda peshqadamlik qilmoqda. EChLning amaldagi finalchisi Milanning "Inter" klubi esa bir g‘alaba va bir mag‘lubiyat bilan turnir jadvalining oltinchi o‘rnini band etib turibdi. "Yuventus" o‘tgan mavsumning birinchi davrasida safarda "neradzurrilar" bilan 4:4 xisobidagi duranga imzo chekkan. Javob o‘yinida esa o‘z maydonida minimal hisobdagi g‘alabani tantana qilgandi. Bo‘lajak uchrashuv 13 sentyabr sanasida soat 21:00'da boshlanadi.

Image

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!