
Ana xolos: Mashhur klub yo‘q bo‘lib ketish arafasida
Frantsiya futbolining mashhur klublaridan hisoblangan “Bordo” bankrotlik ostonasida turibdi va tez orada tarqatib yuborilishi kutilmoqda. Bu haqda Footmercato nashri xabar tarqatdi.
“Bordo” xo‘jayini Jerar Lopesning klubni Fenway Sport Group moliyaviy guruhiga sotish bo‘yicha muzokaralari barbod bo‘ldi. Endi klub rahbari 40 million evroni tashkil qilayotgan qarzni tezroq yopishi talab etiladi.
Manbaga ko‘ra, Jerar Lopes qarzlaridan qutila olmasa, tashkilotni bankrot deb e’lon qilinishi uchun ariza topshirishi kerak. Bu holda “Bordo” tarqatib yuboriladi.
“Bordo” professional futbol klubi 1881 yili tashkil qilingan. Jamoa olti marotaba Frantsiya chempionligini qo‘lga kiritgan. Ligadagi oxirgi g‘alaba 2009 yilga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, bordoliklar to‘rt marotaba mamlakat kubogi va uch bor Superkubokni qo‘lga kiritgan.
Fikrlar