Aleksis Sanches "Arsenal"ga qaytishi mumkin

  • 29 may, 2023, 19:20
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Marsel" hujumchisi Aleksis Sanches yana premer-ligada o‘ynashni xohlamoqda. "Sun" nashrining yozishicha, 34 yoshli futbolchi shunday variantni ko‘rib chiqmoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, Sanchesning "Tumanli Albion"da jiddiy varianti bor. Uzoq vaqtdan beri ilk bor Chempionlar ligasida o‘ynaydigan “Arsenal” keyingi mavsumda Aleksisni o‘z safiga qaytarmoqchi.

Sanches 2022/2023 yilgi mavsumni “Marsel”da o‘tkazdi . Chililik futbolchi 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Aleksis "kanonrlar"da 2014 yilning yozidan 2018 yilning yanvar oyi o‘rtalariga qadar o‘ynagan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!