
Yozda "Atletiko"ni 3 nafar etakchi futbolchi tark etishi mumkin
Yozda "Atletiko" Madrid uch nafar etakchisi bilan xayrlashishi mumkin. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra joriy mavsum Xuanfran, Diego Godin va Filipe Luislar uchun "matraschilar" safidagi so‘nggisi bo‘lishi mumkin. Ta’kidlash kerakki, ushbu uchchala futbolchining ham amaldagi shartnomasi yozda o‘z yakuniga etadi va ular ushbu kelishuvni uzaytirishni rad etishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Lukas Ernandes ham "Atletiko"dan "Bavariya"ga o‘tib ketishi borasida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar