
PFL bosh direktori Yaponiya Professional Futbol Ligasi rahbari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi Bosh direktori Omon G‘ofurov bugun, 24 noyabr kuni Yaponiya Professional Futbol Ligasi rahbari Mitsuru Murai bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda O‘zPFL matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, uchrashuv davomida O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi va Yaponiya Futbol Assotsiatsiyasi o‘rtasida 17 noyabr kuni imzolangan memorandum asosidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, Yaponiya Professional Futbol Ligasi tomonidan o‘tkazilayotgan musobaqalar tartibi, marketing, homiylik masalalari o‘rganildi va tajribalar o‘rtoqlashildi.
Eslatib o‘tamiz, Omon G‘ofurov ertaga, 25 noyabr kuni "Urava Red Daymonds" va "Al-Hilol" o‘rtasidagi finalning ikkinchi uchrashuvini "Saytama-2002" stadionidan turib bervosita tomosha qiladi.
Fikrlar