
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi BAAdagi xalqaro turnirda ishtirok etadi
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Tokioda bo‘ladigan Olimpiada bahslariga jiddiy tayyorgarlik ko‘ryapti.
Ayni damda Olimpiya terma jamoasiga xorijdan murabbiy izlanmoqda. Ungacha esa terma jamoani vaqtincha Ravshan Haydarov boshqarib turadi.
O‘FA rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 12-20 noyabr kunlari BAAda bo‘lib o‘tadigan “Dubai cup” xalqaro musobaqasida ishtirok etadi. Mazkur musobaqa orqali murabbiylar shtabi terma jamoaga nomzod futbolchilarni ko‘zdan kechirib, jamoani shakllantirish ishlarini olib borishadi.
Ushbu musobaqada vakillarimiz Yaponiya, Kuvayt va BAA terma jamoalariga qarshi bahs olib borishadi. Ravshan Haydarov Dubayga yo‘l oladigan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi:
Darvozabonlar:
Umid Ergashev (“Nasaf”)
Nizomiddin Ziyovutdinov (AGMK)
Umid Hamroev (“Paxtakor”)
Himoyachilar:
Husniddin Aliqulov (“Mash’al”)
Ilhom Alijonov (“Nasaf”)
Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”)
Islom Qobilov (“Bunyodkor”)
Husniddin G‘ofurov (“Neftchi”)
Sherzod Nasrulloev (“Nasaf”)
Dilshod Saidov (“Nasaf”)
Oybek Rustamov (“Qo‘qon-1912”)
Yarim himoyachilar:
Abror Ismoilov (“Neftchi”)
Farrux Ikromov (“Bunyodkor”)
Oston Urunov (“Navbahor”)
Davron Umirov (“Metallurg”)
Sanjar Qodirqulov (“Bunyodkor”)
Islom Kenjaboev (“Nasaf”)
Sharof Muhitdinov (“Nasaf”)
Suhrob Nurulloev (“Metallurg”)
Islom Rashidxonov (“Nasaf”)
Nurillo To‘xtasinov (“So‘g‘diyona”)
Abdulla Abdullaev (“Bunyodkor”)
Hujumchilar:
Azizbek Omonov (“Lokomotiv”)
Mirjahon Mirahmadov (“Bunyodkor”)
Bobur Abduxoliqov ("Nasaf")
“Dubai cup” xalqaro musobaqasidan o‘rin olgan uchrashuvlar jadvali:
14 noyabr,
Soat 17:15 BAA - Kuvayt
Soat 20:00 O‘zbekiston – Yaponiya
17 noyabr
Soat 17:15 BAA – O‘zbekiston
Soat 20:00 Yaponiya - Kuvayt
20 noyabr
Soat 17:15 Kuvayt – O‘zbekiston
Soat 20:00 BAA – Yaponiya
*Uchrashuvlar boshlanishi Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan
Fikrlar