
Milosh Raonich Dubayda mag‘lub bo‘ldi
Kanadalik tennischi Milosh Raonich Dubay shahrida o‘tayotgan musobaqaning birinchi davrasida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Milosh mazkur chempionatning ilk bosqichda germaniyalik Yan-Lennard Shtruff bilan raqobatlashdi va 4:6, 7:5, 4:6 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Shu tariqa "Dubai Duty Free Tennis Championships" turnirining ikkinchi davrasiga chiqqan Shtruff, endi vengriyalik Marton Fuchovichga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar