
Karen Xachanov "qovun" tushurdi
Rossiyalik Karen Xachanov va gruziyalik Nikoloz Basilashvili Dubay shahrida o‘tayotgan chempionatning ilk bosqichida o‘zaro raqobatlashdi.
Karen ushbu bahsda raqibiga kutilmaganda 4:6, 1:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Mazkur bahsdan so‘ng Karen va Nikoloz o‘rtasidagi o‘zaro o‘yinlarda hisob 2:2 hisobida ko‘rinish oldi.
Endi Basilashvili "Dubai Duty Free Tennis Championships" turnirining ikkinchi davrasida ispaniyalik Roberto Bautista-Agut yoki hindistonlik Ramkumar Ramanatxan bilan kuch sinashadi.
Fikrlar