
Jiu-Jitsu bo‘yicha ilk marta mamlakat chempionati o‘tkazildi
Jiu-Jitsu sport turi xalqaro miqyosda jadal rivojlanib borayotgan qadimiy yakkakurash turlaridan biri hisoblanadi.
Mamlakatimizda bu sport turini keng rivojlantirish, yoshlar orasida iqtidorli Jiu-Jitsu ustalarini tarbiyalash va doimiy rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Jiu-Jitsu federatsiyasi faoliyati va raxbariyatida o‘zgarishlar amalga oshirilib, qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Shu maqsadda Toshkent shahridagi “Universal” sport saroyida kattalar o‘rtasida Jiu-jitsu bo‘yicha ilk marotaba O‘zbekiston chempionati bahslari bo‘lib o‘tdi.
Ne-waza, No-gi, Fighting, Duo system yo‘nalishlarida o‘tkazilayotgan bahslarda mamlakatimizning barcha mintaqalaridan 300 ga yaqin sportchi ikki kun davomida muxlislar haqiqiy shiddatli va murosasiz bahslarga guvoh bo‘lishdi.
Medallar jamg‘arish bo‘yicha Toshkent shahri sportchilari 1-o‘rin, Toshkent viloyati 2-o‘rin, Farg‘onalik jiu-jitsu ustalari esa uchinchi o‘rinni egallashdi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu musobaqada g‘alaba qozongan sportchilar joriy yilda London (Buyuk Britaniya), Tokio (Yaponiya), Los-Anjeles (AQSh), Rio-de-Janeyro (Braziliya) shaharlari mezbonligida o‘tkaziladigan Katta dubulg‘a turnirlari, shuningdek, BAA poytaxti Abu-Dabida tashkil etiladigan Jahon chempionatida qatnashish etish huquqini qo‘lga kiritadi.
Fikrlar