
Garet Sautgeyt: Vaziyatlardan yaxshi foydalandik, ammo standart vaziyatlardan gol o‘tkazdik
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt Ispaniyaga qarshi (3:2) kechgan UEFA Millatlar ligasi 3-tur urchashuvidan keyin o‘z fikrlarini bildirdi.
“Futbolchilar bugungi o‘yindan keyin o‘zlaridan faxrlanishi kerak. O‘yindan avval hujumchilar bilan suhbatlashib, ular kuchli futbolchilar ekanini, raqib uchun qanday xavf keltira olishi haqida eslatgan edik.
Jamoadan jasorat talab qilindandi va o‘yin davomida ajoyib o‘yin ko‘rsatib, vaziyatlardan unumli foydalandi. Yosh futbolchilar kattalar singari o‘ynadi va bosimni enga oldi. Pikford bilan bo‘lgan vaziyat bahsli. Ikkita standartdan gol o‘tkazdik. Bu yoshlar uchun yaxshi tajriba”, – dedi Sautgeyt.
Fikrlar