Bilasizmi? "Paxtakor" BAA klublariga qarshi OChLda ijobiy natijalar qayd etgan

  • 16 fevral, 2019, 08:44
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

6 bellashuvning 10tasida "Sherlar" g‘alaba qozonib, 3tadan o‘yinda durang va raqiblar muvaffaqiyati kuzatilgan. 26 to‘p kiritgan "Paxtakor" o‘z darvozasidan 14 gol o‘tkazib yuborgan. Safardagi 8 bahsda ham "Paxtakor" ijobiy ko‘rsatkichlar qayd etgan: 5 g‘alaba, 2 durang va 1 mag‘lubiyat. To‘plar nisbati esa 10ga 6ni tashkil qiladi. "Sherlar" BAA klublariga qarshi to‘qnashuvlarda o‘ziga xos ijobiy tajribaga ega deb aytish mumkin.

Tecno

"Al-Nasr" bilan "Paxtakor" hozirgacha o‘ynamagan. BAA klublaridan "Al-Ahli", "Al-Vahda", Al-"Ayn", "Baniyas", "Al-Shabab" va "Al-Jazira"ga qarshi uchrashuvlar bo‘lib o‘tgan.

"Al-Nasr" esa O‘zbekiston jamoalaridan birgina "Lokomotiv" bilan to‘qnash kelgan. 3 bellashuvning birida dubayliklar zafar quchishgan, 2 bor durang qayd etilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!