
Bilasizmi: Jafar Irismetov va Ulug‘bek Baqoev Qozog‘iston kubogi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlardan biridir
Kazfootbal.kz sayti Qozog‘iston kubogi tarixida eng ko‘p gol kiritgan futbolchilar nomini ma’lum qildi.
E’tiborli jihati, ular orasida hamyurtlarimiz ham o‘rin egallashgan.
Jumladan, Jafar Irismetov Qozog‘istonning “Qayrat”, “Olma-Ota” va “Aktobe” jamoalari safida kubok bahslarida 14 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan va umumiy jadvalda 11-13-o‘rinlarni bo‘lishib turibdi.
Bugungi kunda “Buxoro”ga murabbiylik qilayotgan Ulug‘bek Baqoev esa “Tobol” va “Irtish” jamoalari safida kubok o‘yinlarida 10 ta to‘p kiritishga erishgan.
Umumiy ro‘yxatni esa 23 tadan golga ega bo‘lgan Andrey Finonchenko hamda Murat Tleshevlar boshqarib turishibdi.
Qozog‘iston kubogi tarixida eng ko‘p gol kiritgan futbolchilar
1-2. (1-2) Andrey FINONChENKO – 23 ta gol
1-2. (1-2) Murat TLEShEV – 23
3-4. (3-4) Oleg LITVINENKO – 20
3-4. (3-4) Nurken MAZBAEV – 20
5-7. (5-6) Vladimir LOGINOV – 17
…
11-13. (11-13) Jafar IRISMETOV – 14
22-27. (21-27) Ulugbek Baqoev – 10.
Fikrlar