
"Bavariya" prezidenti: O‘zilning imiji uning aslidan ko‘ra mashhurroq
Myunxenning "Bavariya" klubi prezidenti Uli Xyoness "Arsenal" yarim himoyachisi Mesut O‘zilning sha’niga biroz salbiy gaplarni gapirdi.
“Men O‘zilni ko‘pdan buyon kuzataman. U marketingning ajoyib mahsuloti. Mesutning imiji uning aslidan ko‘ra mashhurroq. Uning “Arsenal” sardori ekanligi esa haqiqiy mo‘jiza”, - deydi Xyoness.
Eslatib o‘tamiz, Mesut O‘zil Turkiya prezidenti Rejep Tayip Erdogan bilan birga suratga tushgani uchun jiddiy tanqidlarga uchragan edi. Keyinchalik futbolchi buning ortidan Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi.
Fikrlar