
"Atletiko" etakchilaridan biri safga qaytdi
Madridning “Atletiko” klubi yarim himoyachisi Koke sonidan olgan jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘lib safga qaytdi.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda 27 yoshli futbolchi bugun “Yuventus”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan EChL 1/8 final dastlabki bahsida jamoasiga yordam bera oladi.
Eslatib o‘tamiz, Koke so‘nggi bor 19 yanvar kuni maydonga tushgan edi. U joriy mavsum jami 26ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 5ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Ma’lumot uchun, "Atletiko" - "Yuventus" uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadi.
Fikrlar