
Anri Belgiya terma jamoasidagi shogirdini "Monako"da ko‘rmoqchi
Sesk Fabregas bilan tez orada shartnoma imzolashni rejalashtirayotgan "Monako" "Chelsi"ning boshqa bir a’zosi - Mishi Batshuayini ham o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar tarqatmoqda.
Monakoliklar 25 yoshli belgiyalik hujumchini qishki transferlar davridayoq tarkibga jalb etishmoqchi. Uni shaxsan jamoa bosh murabbiyi Terri Anri klubda ko‘rmoqchi. Ta’kidlash lozimki, Anri Belgiya terma jamoasi murabbiylar shtabidagi faoliyati davomida Batshuaying o‘yinlarini yaqindan kuzatib borgan va uning imkoniyatlarini yaxshi biladi.
Eslatib o‘tamiz, Batshuayi mavsumni “Valensiya” safida ijara asosida o‘tkazayotgan edi. Ammo, “ko‘rshapalaklar” uni muddatidan avval “Chelsi”ga qaytarib yuborishini e’lon qilishdi.
Fikrlar