Braim Dias qaysi terma jamoda o‘ynashi ma’lum. Bu Ispaniya emas!

  • 11 mart, 2024, 08:05
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" yarim himoyachisi Braim Dias q aysi mamlakatda o‘ynash borasida qaror qabul qildi.

Tecno

"Marca" nashri xabariga ko‘ra, 24 yoshli futbolchi buyog‘iga Marokash terma jamoasi sharafini himoya qiladi. Uning otasi marokashlik, onasi ispaniyalik. "Qirollik klubi" vakiliga Marokashdan taklif tushdi va Dias taklifni qabul qildi. Braim Ispaniya terma jamoasidan ham taklif kutdi, biroq kuchli raqobat sabab bu amalga oshmadi.

U 22 mart kuni bo‘lib o‘tadigan Angola terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida Valid Regragui jamoasida debyut qilishi mumkin. Braim Ispaniya o‘smirlar jamoasida o‘ynagan, shuningdek, terma jamoada Litvaga qarshi bitta o‘yin o‘tkazgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!