
Zidan o‘zi kutmagan jamoani boshqarishi mumkin
Braziliya terma jamoasi Titega iste’fo bergach, ayni dam bosh murabbiysiz bo‘lib turibdi. Mahalliy futbol federatsiyasi uning o‘rnini to‘ldirish haqida o‘ylamoqda.
Garchi jamoatchilik asosan mahalliy mutaxassislarni tavsiya etayotgan bo‘lsada, nomzodlar orasida xorijiy variantlar ham paydo bo‘ldi. Jumladan, Ok Diario nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, ushbu lavozimga da’vogarlar orasida "Real"ning sobiq ustozi Zinedin Zidan nomi ham mavjud.
Qizig‘i shundaki, aynan u 1998 yilda "Sen-Deni"da bo‘lib o‘tgan afsonaviy finalda Braziliya darvozasiga boshi bilan ikkita gol urib, frantsuzlarni chempionga aylantirgan edi. Ushbu natija "uch ranglilar" uchun tarixidagi ilk yirik yutuq sifatida esda qoladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy JChda Frantsiya o‘z ishtirokini davom ettirayotgan bo‘lsa, Braziliya chorak finaldayoq musobaqa bilan xayrlashishga majbur bo‘ldi.
Fikrlar