
“Yuventus” “Real” yulduzi transferini e’lon qildi, biroq...
A Seriya grandi “Yuventus” klubining rasmiy saytida “Real” hujumkor futbolchisi Arda Gyuler transfer qilingani haqida e’lon chiqdi.
Bu xabar futbol jamoatchiligi e’tiborini tortdi.
Biroq transfer haqidagi yangilikdan “Yuventus” rahbariyatining ham, “Real” xo‘jayinlarining ham xabari bo‘lmagan. Chunki Arda Gyuler haqidagi xabarni “Yuventus” saytini buzib kirgan xakerlar joylagani aniqlandi.
19 yoshli Arda Gyuler “Real” bilan 2029 yilning yozigacha davom etadigan shartnomaga ega. Turkiyalik futbolchi joriy mavsumda o‘nta uchrashuvda ishtirok etib, samarali harakatlarni amalga oshira olgani yo‘q.
Fikrlar