
Yozda PSJda katta tozalash bo‘ladi. Tarkibdan ketadigan 7-8 ta futbolchi bor
L'Équipe xabariga ko‘ra, PSJ yozgi transfer oynasida asosiy tarkibda tozalash ishlarini o‘tkazadi.
Manba bergan xabarga ko‘ra, frantsuz grandi rahbariyati himoyachilar Tilo Kerer va Leven Kurzava, yarim himoyachilar Yulian Draksler va Leandro Paredesni sotish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bundan tashqari, darvozabon Aleksandr Letele, yarim himoyachilar Xavi Simons va Anxel Di Mariya hamda hujumchi Kilian Mbappelar ham shu yozda jamoadan ketishi kerak. Boisi ushbu futbolchilarning shartnomasi yakuniga etadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda PSJ Frantsiya chempioni bo‘ldi, biroq mamlakat Superkubogi uchun o‘yinda mag‘lub bo‘ldi, shuningdek, Chempionlar ligasi va mamlakat kubogidan ham chiqib ketdi.
Fikrlar