Xavi: "Bunday paytda Pedrini yo‘qotish juda achinarli"

  • 18 fevral, 2023, 19:00
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘yinda jarohat olib, safdan chiqqan Pedrining jarohati haqida fikr bildirdi.

Tecno

"Futbolchilarning jarohat olishi har doim achinarli. Pedri biz uchun juda muhim o‘yinchi.

Tarkibimizning asosiy futbolchilaridan birini yo‘qotdik. Biroq buning ijobiy tomoni shundaki, jamoada Pedriga yaxshi alternativlar topishimiz kerak bo‘ladi", — dedi Xavi matbuot anjumanida.

Avvalroq, 20 yoshli ispaniyalik yarim himoyachi jarohati tufayli bir oyga yaqin maydonga tusha olmasligi ma’lum bo‘lgandi. U joriy mavsumda 6 ta gol urishga erishgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!