Xabib va Islom vatandoshini g‘alaba bilan tabrikladi

  • 30 noyabr, 2024, 15:25
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov Gadji Rabadanovni PFL turniridagi g‘alabasi bilan tabrikladi.

Tecno

“Sen shunchaki eng yaxshisisan. Bu yo‘lda uzoq vaqt ishlading  va astoydil tayyorlanding. Havaskor sifatida jahon chempioni bo‘lding   va   buni professionalda ham  uddalading. Bu tarix, uka”, — deb yozdi Xabib Nurmagomedov ijtimoiy tarmoqlarda. 

Nurmagammedovdan so‘ng Islom Maxachev ham o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi:

“Tabriklayman, uka. O‘ylaymanki, ushbu Gran-prida sen  nimalarga qodir ekaningni ko‘rsatding va endi maza qilib dam ol, Gadji", - deb uni tabrikladi engil vaznda amaldagi UFC chempioni.

Ma’lumot uchun, Rabadanov va Primus o‘rtasidagi jang 29 noyabr kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tdi va unda Gadji uchinchi raundda raqibini texnik nokautga uchratib, PFL  Gran-prinisini qo‘lga kiritdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!