
"UFC Fight Night 227" turniri kutilmagan natijalarga boy bo‘ldi. Qayd etilgan barcha natijalar bilan tanishing!
Bugun tongda AQShning Las-Vegas shahri "UFC Fight Night 227" turniriga mezbonlik qildi. Mazkur jang kechasining asosiy to‘qnashuvida ayollar o‘rtasidagi super engil vazn (56,7 kg) toifasi vakillari amaldagi chempion Aleksa Grasso va sobiq titul egasi Valentina Shevchenko revansh jangida kuch sinashdi. To‘liq davom etgan shiddatli to‘qnashuvda hakamlar durang qayd etilganligini qayd etishdi. Shuningdek, bir qator qiziqarli bahslar bo‘lib o‘tdi.
Asosiy kard:
Aleksa Grasso (Meksika) - Valentina Shevchenko (Qirg‘iziston) - (48-47, 47-48, 47-47) hisobi bilan durang qayd etildi.
Djek Della Maddalena (Avstraliya) – Kevin Xolland (AQSh) – Maddalena hakamlarning alohida qarori (28-29, 29-28, 29-28) bilan g‘alaba qozondi.
Terrens Mitchell (AQSh) – Raul Rosas (AQSh) – Rosas 1-raundda texnik nokaut bilan zafar quchdi.
Kristos Giagos (AQSh) – Daniel Selyuber (Meksika) – Selyuber 2-raundda bo‘g‘ish uslubi bilan g‘olib chiqdi.
Kayl Nelson (Kanada)– Fernando Padilya (Meksika) – Nelson ochkolar (29-28, 29-28, 30-27) hisobida g‘alaba qozondi.
Prelim kard:
Lupita Godinez (Kanada) – Eliza Rid (AQSh) – Godinez 2-raundda bo‘g‘ish uslubi bilan zafar quchdi.
Josh Fremd (AQSh) – Roman Kopilov (Rossiya) –Kopilov 2-raundda texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi.
Edgar Chayrez (Meksika)– Daniel Laserda (Braziliya) – Bu jang natijasi bekor qilindi.
Treysi Kortez (AQSh) – Jasmin Yasudavichus (Kanada) – Kortez ochkolarga ko‘ra(30-27, 30-27, 29-28) g‘alaba qozondi.
Charli Kempbell (AQSh) – Aleks Reyes(AQSh) – Kempbell 1-raundda texnik nokaut bilan g‘olib chiqdi.
Jozefin Lindgren Knutsson (Shvetsiya)– Marnik Mann (AQSh) – Knutsson hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra (30-24, 30-25, 30-27) zafar quchdi.
Fikrlar