
"UFC 302" turniri asosiy kardi uchun tahlil va taxminlar!
Hafta so‘nggida MMA muxlislarini UFC 302 raqamli turniri kutib turibdi.
Ushbu kechadan bir qancha qiziqarli bo‘lishi kutilayotgan to‘qnashuvlar o‘rin olgan va biz mazkur janglarga birma-bir to‘xtalib o‘tamiz.
Asosiy kardni ochib beruvchi jangda yarim o‘rta vazn toifasi vakillari Rendi Braun (18-5) va Elizeu Zaleski Dos Santos (24-7) oktagonga ko‘tariladi.
Mazkur to‘qnashuvga Rendi ketma-ket 2 ta g‘alabali seriya bilan etib kelmoqda. Oxirgi jangida u 3 fevral kungi Fight Night turnirida Muslim Salihovni nokautga uchratishga muvaffaq bo‘ldi.
Braziliya vakili Zaleski Dos Santos esa ketma-ket 3 ta jangdan iborat mag‘lubiyatsiz seriya qayd etib kelmoqda. Benua Sen Deni hamda Abubakar Nurmagomedov ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lub etildi, Rinat Faxretdinov bilan jang durang bilan yakunlangan.
Jailton Almeida - Aleksandr Romanov
Asosiy kardning navbatdagi jangida og‘ir vazn toifasi vakillari braziliyalik Jailton Almeida (20-3) hamda moldovalik Aleksandr Romanov (17-2) oktagonga chiqadi.
Jailton Almeida mazkur divizionning 7 o‘rinini band etib kelmoqda. U oxirgi jangida 9 mart kungi UFC 299 turnirida Kertis Bleydsga nokautga uchragan. Mazkur mag‘lubiyatga qadar u ketma-ket 15 ta jangda g‘alaba qozongan. Mag‘lub etilgan raqibdar orasida Shamil Abdurahimov, Jairzino Rozenstraik va Derrik Lyuis kabi mashhur nomlar bor.
Aleksandr Romanov esa oxirgi jangini o‘tgan yili yozda o‘tkazgan va unda Blagoy Ivanovni ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lub etgan. Ammo uning Aleksandr Volkovga nokaut evaziga, Marchin Tiburaga ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lubiyati reytingda ancha pastlashiga sabab bo‘ldi.
Kevin Xolland - Mixal Olekseychuk
Navbatdagi to‘qnashuv o‘rta vazn toifasi reytingida 15-o‘rinni qayd etib kelayotgan, divizionning quvnoq jangchisi Kevin Xolland (25-11) va reytingga kirish uchun intilayotgan Mixal Olekseychuk (19-7) o‘rtasida kechadi.
Xolland ushbu jangga 2 ta g‘alabasiz seriya qayd etib kelmoqda. Jek Della Madallena va Makl Peyjga ochkloar hisobiga ko‘ra imkoniyatni boy berdi hamda reytingdagi o‘rnini ancha yo‘qotdi.
Olekseychuk esa oxirgi jangida Mishel Perreyraga ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lub bo‘ldi. E’tiborlisi, Xolland va Olekseychuk oxirgi jangini bir vaqtda ya’ni 9 mart kungi UFC 299 turnirida o‘tkazgan hamda mag‘lubiyat alamini tortgan.
"Co main event": Shon Stirklend - Paulo Kosta
UFC 302 turniri "co main event"idan o‘rin olgan to‘qnashuv ham ancha qiziqarli bo‘lishi kutilmoqda. Sababi, o‘rta vazn toifasida o‘zining obro‘-etiboriga ega bo‘lgan sobiq chempion Shon Striklend va vaqtida chempionlikka asosiy da’vogar sifatida ko‘rilgan Paulo Kosta (14-3) oktagonga ko‘tariladi.
Mazkur jangda kimning imkoniyati balandroq ekanligiga to‘xtalib o‘tsak, avvalo, Striklendning imkoniyati haqida: Ha, Shon sobiq chempion, ha, u Adesanyani nokdaunga uchratgan, ammo uning jismoniy holati va yoshi Pauloni ham mag‘lub etishga etadi deya ayta olmaymiz. Shuningdek, Shonning yaqqol ustunlik jihati ham yo‘q, "stoyka"da ham, kurashda ham u qadar mukammal emas. Yagona "quroli" bu albatta, Adesanyani "muzlatib" qo‘ygan "lucky punch".
Kostaga to‘xtaladigan bo‘lsak, Paulo yuqorida aytib o‘tganimizdek, kuchli jismoniy formaga ega va nokautchilik xususiyati ham birmuncha yuqori. Shuningdek, u braziliyalik eganligini hisobga olib, kurashda ham uning imkoniyati balandroq. Xullas, ushbu jangda katta ehtimol bilan Paulo Kosta g‘alaba qozonishini taxmin qilmoqdaman.
Islam Maxachev - Dastin Pore
Vanihoyat, UFC 302 turniri markaziy jangiga etib keldik. Kechaning asosiy to‘qnashuvida engil vazn toifasi chempionligi uchun da’vogar Dastin Pore (30-8) hamda amaldagi chempion Islam Maxachev (25-1) oktagonga ko‘tariladi.
Ushbu jangda kimning imkoniyati balandroq ekanligiga to‘xtalib o‘tamiz. Avvalo, da’vogar Dastin Poredan boshlaymiz. Ha, Dastinning jismoniy holati va yoshi o‘tib bormoqda, ammo uning potentsiali va zarbasining kuchi yo‘qolmaganini oxrigi jangida ko‘rsatib qo‘ydi. Albatta, "stoyka"da u engil vazn toifasi vakillari orasida ancha kuchli, kurashda esa, tajriba yo‘q emas. Ya’ni sabmishnga intilish, oxiriga etkaza olmasa-da "gilotina"ni ham amalga oshira oladi.
Endi esa chempion Islam Maxachevning imkoniyatiga to‘xtalib o‘tamiz. Islamning asosiy "quroli" albatta, kurash. Kurash borasida engil vazn toifasidagi barcha da’vogarlarni er tishlata olgan. "Stoyka"da ham mahoratini ancha oshirib olgan.
Ko‘pchilik mutaxassislar qatori ustozimiz Ahmad aka Eshmatov ham Islamning imkoniyatini baland deb hisoblamoqda. Ammo men Dastin Porening zarbasi kuchi Maxachevni nokaut qilishga qodir deb bilaman. Shuningdek, bu Dastin uchun oxirgi imkoniyat va katta ehtimol so‘nggi jang. Imkoniyatlar 60 / 40 Dastin foydasiga.
Aslida nima bo‘lishini, kim g‘alaba qozonishini 2 iyun kungi "UFC 302" turniridan so‘ng javob olamiz.
AKMAL EShBOEV tayyorladi
Fikrlar