
"UFC 297" turniri yakunlandi.O‘rta vazn toifasida yangi chempion!
Hozirgina Kanadaning Toronto shahrida o‘z yakuniga etgan UFC 297 turnirining markaziy jangida o‘rta vazn (83,9 kg) toifasi chempionligi uchun amaldagi titul egasi Shon Striklend va da’vogar Drikus Dyu Plessi o‘rtasida murosasiz jang kechdi.
To‘liq davom etgan to‘qnashuvda Dyu Plessi hakamlarning alohida qaroriga ko‘ra, g‘alaba qozondi va yangi chempionga aylandi. Eslatib o‘tamiz, Striklend Israel Adesanyani mag‘lub etib, chempionlik kamarini qo‘lga kiritgandi.U birinchi himoyasidayoq titulni qo‘ldan chiqardi.
Fikrlar