
U MLSdan Evropa klubiga transfer qilingan eng qimmat futbolchiga aylandi
Germaniyaning "Augsburg" klubi o‘zining rasmiy sayti orqali "Dallas" klubi va AQSh terma jamoasi hujumchisi Rikardo Pepi bilan shartnoma imolaganini e’lon qildi.
Nemis nashrlarining xabar berishicha, 18 yoshli futbolchining transferi "Augsburg"ga 20 million evroga tushgan. Pepi yangi jamoasi bilan 2026 yilga qadar shartnoma imzolagan.
E’tiborlisi, Rikardo MLSdan Evropaga transfer qilingan eng qimmat futbolchiga aylandi.
Pepi o‘tgan mavsum MLSda jami 31 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 13 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar