
"U Evropaga ketishi kerak" - Sardor Rashidov qaysi futbolchimiz haqida gapirdi?
“Rostov”dagi hamyurtimiz Eldor Shomurodovning atrofidagi turli xabar va gap-so‘zlar davom etmoqda. Rossiyaliklar singari o‘zimizda ham hujumchimizning keyingi taqdiri qanday kechishi qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
Shomurodovning milliy termamizdagi jamoadoshi, hozirda Qatarning “Qatar SK” klubi sharafini himoya qilayotgan Sardor Rashidov ham Rossiyada porlayotgan hamyurtimizga befarq emas. Shu bois Qatardagi legionerimiz u haqida shunday dedi:
- Eldor juda yaxshi futbolchi. Shubhasiz, u tezkor hujumchi. Imkoniyat bo‘lsa, albatta Evropaga ketishi kerak.
- Uni Germaniya chempionatiga bog‘lashmoqda, siz bu borada qanday fikrdasiz?
- Albatta, yaxshi bo‘lardi. Eldor u erda ham o‘zini ko‘rsata olishiga ishonaman.
Fikrlar