“Tottenxem” Mourinoning o‘rniga keladigan murabbiy nomini oshkor qildi

  • 19 fevral, 2021, 17:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Tottenxem” bosh murabbiyi Joze Mourinoning ishlari yurishmayapti. Yaqingacha premer-liga chempionligiga da’vogarlik qilgan jamoa keyingi o‘yinlarni boy bermoqda. Jamoaning ichki muhiti ham sog‘lom emas.

Tecno

Aksariyat  futbolchilar bosh murabbiyning “Tottenxem” yulduzi hisoblangan Garet Beyl va Dele Alliga qilayotgan munosabatidan norozi bo‘lmoqda.

Vaziyatni inobatga olgan klub rahbariyati portugaliyalik mutaxassis iste’foga chiqarilgan taqdirda uning o‘rniga olib kelinadigan murabbiyni aniqlashtirib qo‘ydi. Unga ko‘ra, Joze jamoadan ketsa, “Tottenxem”ga “Leyptsig”ni muvaffaqiyatli boshqarayotgan Yulian Nagelsmann olib kelinadi.

Germaniyalik mutaxassisning o‘zi ham kuchini Angliya premer-ligasida sinab ko‘rishga qarshi emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!