
"Tottenxem" himoyachisini "Yuventus" ko‘z ostiga olib qo‘ydi
“Tottenxem” klubi himoyachisi Kiran Tripper faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Sky Sports Italy xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra 28 yoshli angliyalik futbolchiga “Yuventus” jiddiy qiziqib qolgan. Turinliklar Tripperni mavsumlar oralig‘ida “Manchester Siti” yoki “Manchester Yunayted”dan biriga o‘tishi kutilayotgan portugaliyalik himoyachi Joau Kanseluga munosib o‘rinbosar bo‘la olishiga ishonishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Tripperga "Napoli" ham qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Tripper yakunlangan mavsum “Tottenxem” safida jami 41ta o‘yinda ishtirok etdi va 1ta golga mualliflik qildi.
Fikrlar