Tojikiston terma jamoasi hujumchisi "Qizilqum" sharafini himoya qiladi

  • 4 mart, 2021, 22:45
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Qizilqum” jamoasi kuni kecha O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Islom To‘xtaxo‘jaev bilan shartnoma imzolagandi. Bu safar yana bir xaridni amalga oshirgani ma’lum bo‘ldi.

Tecno

Tojikiston milliy terma jamoasining hujumchisi Jahongir Ergashev yangi mavsumni “Qizilqum” safida o‘tkazadigan bo‘ldi. Bu borada Tojikiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shuningdek, uning Superligaga ko‘chib o‘tgani haqidagi xabarni futbolchining agenti ham tasdiqladi. Ergashevning oxirgi klubi Tojikistonning “Xo‘jand” jamoasi edi va kumush medalni qo‘lga kiritdi. Jahongir “Qizilqum” safida 62-raqamda to‘p suradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!