
Tez orada Oston O‘runov jamoasida yangiliklar bo‘ladi
Rossiya chempionatining 18-turidan so‘ng, hamyurtimiz Oston O‘runov harakat qilayotgan “Ufa” klubi turnir jadvalida so‘nggi o‘rinni egallab turibdi. Ya’ni, ushbu jamoa hozirda to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyi ligaga tushib ketish zonasida turibdi.
"Ufa" klubi bosh direktori lavozimini egallab turgan Shamil Gazizov so‘nggi haftalarda jamoaning premer-ligada qolishiga ishonishini bir necha bor ta’kidlagan. Endi u "Ufa"ning qishki transfer oynasidagi rejalari haqida gapirdi.
Gazizovning sport24 nashriga bergan intervyusiga ko‘ra, yanvarda "Ufa" tarkibiga ikki yoki uchta yangi futbolchi keladi. Shuningdek, Gazizov 13 ta gol bilan premer-liga to‘purarlari reytingida peshqadam bo‘lib turgan Xamid Agalarovni sotishga ruxsat bergan.
Fikrlar