
Superliga. "Qizilqum" safarda "Metallurg"ni mag‘lub etdi
O‘zbekiston Superligasining 13-turidan o‘rin olgan "Metallurg" va "Qizilqum" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur bahsda Hamidjon Aktamov shogirdlari 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvning 55-daqiqasida Mate Vatsadze chiroyli tarzda uchrashuvda hisobni ochdi. Oradan 11 daqiqa o‘tib, Elguja Grigalashvili oradagi farqni yana bittaga oshirib qo‘ydi.
O‘yinning 67-daqiqasida "Metallurg" futbolchisi Ibrohim Ibragimov burchak to‘pidan gol urib, hisobni qisqartirdi.
Fikrlar