
Stefanos Tsitsipas Londonda millionerga aylandi
Gretsiyalik tennischi Stefanos Tsitsipas London shahrida o‘tkazilgan ATP Yakuniy turnir finalida avstriyalik Dominik Timga qarshi kortga chiqdi.
Keskin va murosasiz tarzda uch set davom etgan o‘yinda Stefanos tajribali raqibini 6:7, 6:2, 7:6 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
21 yoshli gretsiyalik tennischiga mazkur g‘alaba 2,656,000 AQSh dollar pul mukofoti va 1300 reyting ochkosini keltirdi.
Fikrlar